Sayt test rejimida ishlamoqda

Ayrim bog‘cha tarbiyalanuvchilarining davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi oziq-ovqat xarajatlari davlat budjetidan qoplab beriladi

8-yanvar 2024-yil
image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 29-dekabrdagi PF-221-son Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79-son hamda 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmonlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi. (https://lex.uz/docs/6721107)

Unga ko‘ra:

2030-yil 1-yanvarga qadar maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi muassasa va tashkilotlarning (vazirlik markaziy apparati va uning hududiy bo‘linmalaridan tashqari) budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilanadi;

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga to‘lanadigan ota-onalar badalidan ozod qilingan (boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlarning farzandlari) tarbiyalanuvchilarning davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi oziq-ovqat xarajatlari to‘liq davlat budjetidan qoplab beriladi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu