Sayt test rejimida ishlamoqda

20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida ishtirokchilari Qozog’istonga jo‘nab ketdi

7-yanvar 2024-yil
image

O‘zbekistonlik o’quvchilar 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida ishtirok etish uchun Qozog’istonga yo'l oldi!

Joriy yilning 7-13-yanvar kunlari Qozog’istonning Olma-ota shahrida 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasi o’tkaziladi. Xalqaro olimpiada matematika, fizika va informatika fanlari bo’yicha tashkil qilinib, unda dunyoning 20 ga yaqin mamlakatlarining iqtidorli yoshlari ishtirok etishi kutilmoqda.

Mazkur xalqaro olimpiadaga xalqaro olimpiadalarga saralashning birinchi bosqich natijalariga ko’ra terma jamoa shakllantirilgan.

Bundan oldingi Xalqaro Jautikov olimpiadasida o‘zbekistonlik o'quvchilar 5 ta kumush va 8 ta bronza medallarini qo’lga kiritgan.

Bu yilgi olimpiadada mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan yoshlarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz!

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu