Sayt test rejimida ishlamoqda

“Kitob bilan bir kun” shiori ostida onlayn tanlov e’lon qilinadi

6-yanvar 2024-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘quvchilarning qishki ta’tilini maroqli o‘tkazish maqsadida "Kitob bilan bir kun" shiori ostida respublika onlayn tanlovi e’lon qilinadi!

TANLOV SHARTLARIGA KO"RA:

1️. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan (https://uzedu.uz/y3/news/1414) kitoblardan birini o‘qishi va videorolik tayyorlash;

2️. Asar haqida qisqacha tushuncha berib, asar qahramonlaridan birini ijro etib berish;

3️Videorolik 10 MBdan oshmasligi va 5 daqiqa bo‘lishi  talab etiladi.

Videoroliklar 2024-yilning 6-16-yanvar kunlari soat 18:00 ga qadar telegramdagi @tanlov_admin05 manziliga yuborilishi lozim.

G‘oliblar 17-yanvar kuni e’lon qilinadi.

Eng yaxshi deb topilgan videoroliklar Maktabgacha va maktab talimi vazirligining quyidagi sovg‘alari bilan taqdirlanadi!

1-o‘rin: 2 ta tikuv moshinasi, ovoz kuchaytirgich hamda smart soat;

2-o‘rin: 1 ta tikuv moshinasi, ovoz kuchaytirgich hamda smart soat;

3-o‘rin: 2 ta tikuv moshinasi va smart soat.

Sovg‘alar g‘olib va sovrindor bo‘lgan ishtirokchilarning ta’lim muassasalariga taqdim etiladi (smart soat ishtirokchining o'ziga).

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu