Sayt test rejimida ishlamoqda

Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchilari uchun mahorat darslari bo'lib o'tdi

5-yanvar 2024-yil
image

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi hamkorligida harbiy-vatanparvarlik sinflari mavjud maktablarning chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchilari uchun o'quv yig'ini  tashkil etildi.

Tadbirning ochilish marosimida vazir o'rinbosari Dilshod Kenjayev va Milliy Gvardiya Qo'mondoni o'rinbosari Sarvar Mamayusupov ishtirok etishdi va seminar ishida omad tilashdi.

Ushbu tadbirdan ko'zlangan maqsad chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchilarini bilim va malakasini oshirish, jangovor shayligini sinovdan oʻtkazish va vatan taqdiriga daxldorlik hissini kuchaytirishdan iborat.

Ma'lumot uchun: mashg'ulotlar 5 kun davom etadi,  ishtirokchilar uchun  “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi, “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar tarixi Davlat muzeyi” va “Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga” ekskursiyalar ham tashkil etish rejalashtirilgan.

"Temurbeklar maktabida" bo'lib o'tayotgan ushbu o'quv yig'inida Respublikamiz bo'ylab 56 nafar CHQBT fani o'qituvchilari ishtirok etishmoqda.

Kelgusida ular o'z hududlaridagi ustozlar uchun o'quv-yig'inlarini tashkil etishlari ko'zda tutilgan. 

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu