Sayt test rejimida ishlamoqda

Respublika boʻylab “Barkamol avlod bolalari” festivali tashkil etiladi

4-yanvar 2024-yil
image

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning maktabdan tashqari ta’lim sohasidagi bilimlarini mustahkamlash maqsadida respublika bo‘ylab yil davomida "Barkamol avlod bolalari” festivalini tashkil qiladi.

Festivalning ilk manzili Namangan viloyati!

Namanganda festival quyidagi yoʻnalishlarda bo‘lib o‘tadi:

“Madaniyat va san’at” — yo‘nalishi (Tasviriy san`at va libos);

“Texnika, konstruktorlik va modellashtirish” — yo‘nalishi (Robototexnika va konstruktorlik);

“Jismoniy tarbiya va sport” — yo‘nalishi (Shaxmat-shashka);

“Hunarmandchilik va qo‘l mehnati” — yo‘nalishi (Munchoqli bezak);

“Turizm va ekologiya” — yo‘nalishi (Karving);

“Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov” — yo‘nalishi (Mental arifmetika);

“Xorijiy tillar” — yo‘nalishi (Ingliz tili)

 

Diqqat! Festivalda 7 dan 18 yoshgacha bo‘lgan “Barkamol avlod” bolalar maktablari to‘garak a’zolari ishtirok etadi!

 

Festival gʻoliblari va faol ishtirokchilarga diplomlar, sovrinlar va esdalik sovgʻalari topshiriladi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu