Sayt test rejimida ishlamoqda

Maktab.uz platfromasidagi videodarslardan foydalaning

4-yanvar 2024-yil
image

Aziz ota-onalar!

Farzandingiz maktab darslarini o‘zlashtirishga qiynalyaptimi? Yoki qo‘shimcha mashg‘ulotlar asosida ularni yanada yaxshiroq o‘qishlarini istaysizmi?

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining maktab.uz platformasida ro‘yxatdan o‘ting hamda saytdagi mavjud videodarslarni tomosha qiling.

Maktab.uz platfromasidagi videodarslardan foydalanish mutlaqo bepul!

Saytdagi materiallardan o‘zingizga qulay vaqt va sharoitda tomosha qilishingiz mumkin.

Maktab.uz platformasidagi videodarslar orqali maktab o‘quv dasturiga kiritilgan mavzular yangicha va qiziqarli usulda yoritib berilgan. Shuningdek, bolalar platforma orqali dasturlash, grafik dizayn, robototexnika kabi bugungi kun talablariga mos kasblarni ham o‘rganishlari mumkin.
 

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu