Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘zbekiston terma jamoasi Xalqaro tabiiy fanlar olimpiadasida ishtirok etish uchun Tailandga jo‘nab ketdi

29-noyabr 2023-yil
image

O‘zbekiston terma jamoasi  20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida ishtirok etish uchun Tailandga yo‘l oldi!

Joriy yilning 1-10-dekabr kunlari Tailandning Bangkok shahrida 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasi o‘tkaziladi. 

Xalqaro olimpiada tabiiy fanlar, ya’ni kimyo, biologiya va fizika fanlari bo‘yicha o‘quvchilarning kompleks bilimlarini sinashga hamda mazkur fanlardan butun dunyo maktab o‘quvchilarining raqobat qilishlari uchun sog‘lom muhit yaratishga qaratilgan. 

Olimpiadada dunyoning 60 ga yaqin davlatidan jami 350 nafar iqtidorli o‘quvchi ishtirok etmoqda. 

Mazkur xalqaro olimpiadaga saralash bosqichi joriy yilning 14-oktabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazildi va eng yuqori natijalarni qayd etgan 6 nafar o‘quvchi O‘zbekiston terma jamoasiga qabul qilindi.

Azizbek Erkinov - Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi;

Daler Raximov - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi;

Nursulton Ashiraliyev - Jizzax shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi;

Murodbek Yuldashev - Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 74-maktab o‘quvchisi;

Rahimboy Vaysboyev - Xorazm  viloyati Urganch tumanidagi 45-IDUMI o‘quvchisi;

Javohir Mamadaliyev - Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi;

Bundan oldingi Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi o‘quvchilari 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Olimpiadada mamlakatimiz sharafini himoya qilayotgan yoshlarimizga omad va zafarlar tilab qolamiz!

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu