Sayt test rejimida ishlamoqda

“O‘zbekiston-2030” strategiyasida vazirlik oldiga qo‘yilgan muhim vazifalar ijrosi hamda sohaga doir boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi

23-noyabr 2023-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining navbatdagi kengaytirilgan Hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda vazir Hilola Umarova, vazir o‘rinbosarlari, vazirlik tizimidagi Maktabgacha ta’lim, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentliklari rahbarlari, vazirlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalar va tizim tashkilotlari mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Vazir Hilola Umarova videoselektor tarzida o‘tkazilgan yig‘ilishda “O‘zbekiston-2030” strategiyasida vazirlikka yuklatilgan vazifalarning ijro holati, maktabgacha yoshdagi bolalarni ta’lim tashkilotlariga qamrob olish darajasi hamda kun tartibidagi boshqa muhim masalalarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Unda Maktabgacha ta’lim agentligi direktori Agreppina Shin, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi Alisher Ubbiyev, vazir o‘rinbosarlari ham vazirlik markaziy apparati va tizim tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Qayd etilganidek, “O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan vazifalar hamda maqsadli ko‘rsatkichlarga to‘liq erishishishni ta’minlash uchun vazirlikning 2023-yil 15-sentabrdagi tegishli buyrug‘i asosida amaliy dasturlar rejasi tasdiqlangan.

Xususan, joriy yil yakuniga qadar:

maktabgacha yoshdagi bolalarni ta’lim bilan 74 foizga va tayyorlov guruhlari bilan 93 foizga qamrab olish;

davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari sonini 26 mingtaga yetkazish;

davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida avtomatlashtirilgan tizimni ishga tushirish;

xalqaro moliya tashkilotlari bilan qo‘shma moliyalashtirish loyihasini amalga oshirish;

joriy o‘quv yilida tanlanib olingan maktablarda yangi baholash tizimini, bitiruvchilarni tanlov fanlar asosida o‘qitishni, ikkinchi xorijiy til va kasbni o‘rgatishni samarali yo‘lga qo‘yish va boshqa qator vazifalarni amalga oshirish belgilangan.

Mazkur topshiriqlar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida vazir o‘rinbosarlari, vazirlik xodimlari, hududiy boshqarmalar hamda tizim tashkilotlari rahbarlariga zarur topshiriqlar berildi.

Yig‘ilishda joriy yilning 13-noyabr holati bo‘yicha Respublika bo‘yicha 6 542 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 6 292 tasi (96,2 foizi) yangi o‘quv yiliga guruhlarni shakllantirish va bolalarni qabul qilish uchun tayyor holga keltirilganligi, ammo yangi o‘quv yili boshlanganligiga uchinchi oy bo‘lishiga qaramasdan 250 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari (3,8 foizi) hanuzgacha tayyor holatga keltirilmaganligi tanqid qilindi.

Bu borada Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo viloyatlarida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida guruhlar to‘liq shakllantirilmagan.

Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan qator tuman va shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari boshliqlariga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanishi qayd etildi.

Yig‘ilishda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasida olib borilayotgan ishlar ham tanqidiy tahlil etildi. Xususan, yil boshidan beri murojaatlar ijrosi muddati eng ko‘p buzilish holatlariga yo‘l qo‘yayotgan Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent, Andijon viloyatlari hamda Toshkent shahar rahbarlariga mazkur kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilish so‘ngida vazir o‘rinbosarlari, hududiy boshqarmalar hamda mas’ul tashkilot rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu