Sayt test rejimida ishlamoqda

DIQQAT! “OBOD MAKTAB” EKOLOGIK ONLAYN KOʻRIK-TANLOVI EʼLON QILINADI

8-aprel 2022-yil
image

Tanlovning asosiy maqsadi oʻquvchi-yoshlar oʻrtasida mehnatsevarlik, ekologik madaniyat, tabiatga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish, taʼlim muassasalarini koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish orqali oʻquvchi-yoshlarning faolligini oshirish, ular tomonidan amalga oshirilayotgan kreativ ijodiy tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashdan iborat.

Tanlov @obod_maktab telegram kanali orqali uch bosqichda onlayn tarzda oʻtkaziladi.

Tanlovda umumtaʼlim muassasalari 20-martdan – 20-aprel kuniga qadar @obod_maktab telegram manziliga 5 daqiqagacha boʻlgan maxsus ijodiy rolik yuborishi lozim boʻladi.

Xalq taʼlimi vazirligining Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi rasmiy sahifasida jamoatchilik tomonidan baholash (“Yoqtirish” (layk) belgisini bosish) natijalariga koʻra ekologik oylik davomida eng yaxshi “Obod maktab” deb hisoblangan 14 ta (har bir hududdan 1 tadan) taʼlim muassasasi vazirlikning esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.

“Obod maktab” onlayn koʻrik-tanlovining NIZOMI ushbu havolada.

.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu