Sayt test rejimida ishlamoqda

"Raqamli Avlod IT Fest" 2023 doirasida DG Contest jarayonlari boshlandi!

22-noyabr 2023-yil
image

Xabar berganimizdek, 22 noyabr - 2 dekabr kunlarida IT sohasiga qiziquvchi yoshlar uchun an’anaviy Raqamli Avlod IT Fest haftaligi tashkil etilmoqda.

Bugun mazkur haftalik doirasida DG Contest onlayn musobaqasining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Respublikamiz bo‘ylab mazkur sohaga qiziquvchi yoshlar ishtirok etishmoqda.

Contest musobaqalari bugun butun kun davomida bo‘lib o‘tadi. Bunda yuqori natijalarni ko‘rsatgan yoshlar 2-bosqichda ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritishadi.

Musobaqaning final bosqichi esa 28 noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu