Sayt test rejimida ishlamoqda

"Raqamli Avlod IT Fest" 2023! 

17-noyabr 2023-yil
image

Yurtimizda IT sohasiga qiziqqan barcha yoshlarni an’anaviy Raqamli Avlod IT Fest haftaligiga taklif qilamiz!

DG Contest - Bunda siz sport dasturlash bo‘yicha o‘z mahoratingizni sinashingiz mumkin bo‘ladi! Onlayn saralash bosqichi 22-noyabrda boshlanadi, final esa 28-noyabr kuni Muhammad al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabida Respublika bo‘ylab eng yaxshi dasturchilar orasida bo‘lib o‘tadi.

Robototexnika musobaqasi - 29-noyabr kuni sizni Muhammad al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabida robo futbol,   robo sumo va foydali ixtirolar bo‘yicha Respublika musobaqalari kutmoqda.

Hackathon - 30-noyabr Muhammad al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabida Respublika bo‘ylab ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchilarini o‘z innovasion eko loyihalari bilan kutib qolamiz.

Microsoft Community Conf 2023 Uzbekistan – 2-dekabr kuni Microsoft kompaniyasining rasmiy IT konferensiyasida ishtirok etishingiz mumkin bo‘ladi. Bunda siz xalqaro va mahalliy spikerlarimizdan dasturlashdagi yangi texnologiyalar bilan tanishishingiz va juda katta "networking"ga ega bo‘lishingiz kafolatlanadi! Tadbir Yangi O‘zbekiston Universitetida bo‘lib o‘tadi.

Ro‘yxatdan o‘tishga shoshiling, barcha tadbirlar bepul va musobaqalar qimmatbaho sovrinlarga ega!

Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun: online.raqamliavlod.uz.

AKT sohasida o‘z bilim-ko‘nikmalaringizni mukammallashtirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu