Sayt test rejimida ishlamoqda

Termiz shahridagi 30-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining yangi binosi foydalanishga topshirildi

15-noyabr 2023-yil
image

Bugun Surxondaryo viloyati Termiz shahrida joylashgan 30-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yangi binosining ochilish marosimi o‘tkazildi. Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirok etdi.

Tadbirda bolajonlar ijrosidagi badiiy chiqishlar namoyish etildi. Ramziy ochilish marosimidan so‘ng vazir tashkilotda kichkintoylar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Ma’lumot uchun: mazkur maktabgacha ta’lim tashkiloti 150 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, joriy yilda Investitsiya dasturi asosida (3 mlrd 879 million so‘m mablag‘ sarflangan) kapital ta’mirlandi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu