Sayt test rejimida ishlamoqda

Surxondaryoda "Otam bilan daraxt ekaman" aksiyasi o‘tkazilmoqda

7-noyabr 2023-yil
image

"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida "Otam bilan daraxt ekaman" aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Aksiya doirasida o‘quvchilar va tarbiyalanuvchilarning otalari maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari hududida o‘z farzandlari bilan birgalikda turli mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekishmoqda. 

Ushbu tashabbus yashil maydonalarni kengaytirish bilan bir qatorda yoshlar qalbida ona tabiatga mehr uyg‘otish, otaning farzand tarbiyasidagi o‘rni va ma’suliyatini oshirishda katta o‘rin tutadi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu