Sayt test rejimida ishlamoqda

Umumta’lim maktablarida ilk bor choraklik summativ baholash sinovlari bo‘lib o‘tmoqda

1-noyabr 2023-yil
image

2023-2024-o‘quv yilida Respublika miqyosida 500 ta umumta’lim maktabida o‘quvchilar bilimini formativ va summativ baholash tizimi tajriba-sinov tariqasida joriy etilganidan xabaringiz bor.

Bugun mazkur tajriba-sinov maktablarining 5-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida 2023-2024-o‘quv yilining I chorak yakuni bo‘yicha choraklik summativ baholash (CHSB)  jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda. 

Unda o‘quvchilar ona tili, matematika, biologiya fanlaridan CHSB sinovlarini topshirishmoqda. 

Sinov materiallari o‘zbek, qoraqalpoq va rus tillarida chop etilgan

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu