Sayt test rejimida ishlamoqda

Xorijiy tillarni o‘qitish uchun chet el fuqarolarini jalb etish loyihasi doirasida o‘quv-seminar o‘tkazildi

29-avgust 2023-yil
image

Xorijiy tillarni o‘qitish uchun chet el fuqarolarini jalb etish loyihasi doirasida o‘quv-seminar o‘tkazildi

Poytaxtimizda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Xorijiy tillarni o‘qitish uchun chet el fuqarolarini jalb etish loyihasi doirasida o‘quv-seminar tashkil etildi.  

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining  birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan maktablarda ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchi o‘rnini ko‘paytirish, o‘qituvchilar malakasini oshirish va ularga munosib sharoit yaratish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishida xorijiy tillarni  o‘qitish bo‘yicha yangi vazifalar belgilanganini ta’kidladi.

Treninglar avvalida xorijiy til fanlarining ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va darsliklar hamda o‘qitish metodikasi haqida ta’kidlab o‘tildi.

Treninglar doirasida, shuningdek:

– O‘zbekiston Respublikasining tarixiy rivojlanishi, madaniyati va ta’lim tizimi,
– iqtisodiy taraqqiyotda maktab ta’limining o‘rni,
– xorijiy mutaxassislarning o‘quvchilarda xorijiy fanlarni bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishda vazifalari,
– xorijiy til fanlarining ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va darsliklari hamda o‘qitish metodikasi haqida so‘z yuritildi.
____________
Ma’lumot o‘rnida,  joriy yilda maktabda dars berish uchun xorijdan 500 nafar “til egalari” olib kelinishi rejalashtirilmoqda.

Yangi tizim joriy qilinadigan maktablar ko‘payishini hisobga olib, kelgusi yilda yana 1,5 ming mutaxassis olib kelinishi ko‘zda tutilgan

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu