Sayt test rejimida ishlamoqda

PREZIDENT MAKTABLARI O‘QUVCHILARINING 2022-2023 O‘QUV YILIDAGI ERISHGAN YUTUQLARI

18-avgust 2023-yil
image

IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI PREZIDENT MAKTABLARI O‘QUVCHILARINING 2022-2023-O‘QUV YILIDAGI ERISHGAN YUTUQLARI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident maktablarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4199-son qaroriga asosan 14 ta Prezident maktabi tashkil etildi.

Joriy yilda Prezident maktablarining 326 nafar 11-sinf bitiruvchilarning 100 foizi xalqaro til bilish (IELTS), 50 foizi (168 nafari) xalqaro matematika va ingliz tilini bilish darajasini baholovchi (SAT) sertifikatga ega bo‘lishdi.

Prezident maktablari bitiruvchilarning 281 nafari muddatidan oldin nufuzli xalqaro universitetlarga qabul qilindi. Shundan 51 nafari to‘liq grant asosida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. 

Namangan shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi Go‘zalxon Haydarova “Garvard” hamda “Princeton” oliygohlarida 100 foiz grant asosida o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Toshkent shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi Jafar Arifjanov dunyo reytingida TOP 10 talikka kiruvchi “California Institute of Technology” oliygohining grantini yutgan birinchi o‘zbekistonlik talabaga aylandi.

Jizzax shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi Nozimbek Turg‘unboyev 120 dan ortiq xorijiy oliygohlarning 6 million AQSH dollarli miqdoridagi grantlarini qo‘lga kiritdi.

Nukus shahridagi Prezident maktabining bitiruvchilari Asadbek Reymbergenov va Begdulla Tursinbayev Vengriyaning “Debretcyen” universitetida to‘liq grant asosida tahsil oladigan bo‘lishdi.

Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Sohibjon Dilmurodov 57-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida kumush hamda Shvesariyada o‘tkazilgan kimyo bo‘yicha jahon olimpiadasida bronza medali sohibi bo‘ldi.

Jizzax, Navoiy, Farg‘ona, Xiva, Termiz va Nukus shaharlaridagi Prezident maktablaridan jami 12 nafar bitiruvchilar “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyasi g‘olibi bo‘ldi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu