Sayt test rejimida ishlamoqda

Yurist maslahati

17-avgust 2023-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2023-yil 28-iyuldagi 25-q/q, 4-xx-sonli qo‘shma qaroriga muvofiq, 2022-yil 29-iyuldagi 34-q/q, 15-xx sonli qo‘shma qarorda keltirilgan xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan sertifikatga ega pedagog xodimlarning ustamalari qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarga qadar saqlanib qolishi belgilangan.

Bunda pedagoglar 2023-yil 1-avgustgacha oldingi o‘quv yili uchun belgilangan sertifikatni tegishli daraja (ball)ni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ushbu sertifikatning amal qilish muddati davrida unga belgilangan tartibda ustama to‘lanadi.

Ma’lumotlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Ta’lim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash departamenti va Yuridik bo‘limi xodimlari tomonidan tayyorlandi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu