Sayt test rejimida ishlamoqda

Maktablar va maktabgacha ta’lim tashkilotlari qanday isitiladi?

16-avgust 2023-yil
image

Maktablar va maktabgacha ta’lim tashkilotlari qanday isitiladi?  Mazkur muassasalarda muqobil energiya manbalaridan foydalanish qanday yo‘lga qo‘yilgan?

 Respublikadagi mavjud 10 118 ta maktablarning:

– 3 284 tasi tabiiy gaz yoqilg‘isida;
– 23 tasi suyuq yoqilg‘ida;
– 6 807 tasi ko‘mir yoqilg‘isida;
– 4 tasi elektr energiyasi bilan;

 mavjud 6 386 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining:
– 2 300 tasi tabiiy gaz yoqilg‘isida;
– 3 599 tasi ko‘mir yoqilg‘isida;
– 37 tasi elektr energiyasi bilan isitilmoqda.

Ta’lim tashkilotlarida elektr ta’minotini tejash maqsadida bugungi kunga qadar qator ishlar olib borilmoqda. Xususan, davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan 390 ta hamda mahalliy byudjet va homiylik mablag‘lari hisobidan 1 097 ta maktabga quyosh panellari o‘rnatildi.

Shuningdek, 2 107 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida quyosh panellari va suv isitish qurilmalarini o‘rnatish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirga qadar 511 tasiga quyosh panellari va 100 tasiga quyosh suv isitish qurilmalari o‘rnatildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 57-son qaroriga asosan, joriy yilda 2 229 ta maktabgacha ta’lim va 2 335 ta maktab tashkilotlarining lokal isitish tizimlarini ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkazish belgilangan.

Ayni vaqtda mazkur rejaga kiritilgan ta’lim tashkilotlari lokal isitish tizimlarini ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkazish bo‘yicha tegishli vazirlik va tashkilotlar hamda mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda zarur ishlar olib borilmoqda.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu