Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘quvchilarining qobiliyati va tanlovi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar

15-avgust 2023-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘quvchilarga 1-4 sinflarda boshlang‘ich, 5-9-sinflarda tayanch hamda 10-11-sinflarda o‘quvchilarining qobiliyati va tanlovi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish ishlari olib borilmoqda.

Xususan:
– Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida 1-4-sinf darsliklari yangidan tayyorlandi.

– Yangi darsliklar ta’lim oluvchilarda 21-asr ko‘nikmalarini shakllantirishda “4K” modelini (tanqidiy fikrlash, kreativlik, kollaboratsiya, kommunikatsiya) qo‘llash orqali o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash, ijodiy yondashuv, jamoada ishlash va muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.

– Boshlang‘ich sinflar uchun 775 nomda yaratilgan darslik va o‘quv-metodik adabiyotlar 72 mln. nusxada chop etilmoqda.

– 2023-2024-o‘quv yilidan 124 ta maktabda yuqori sinf o‘quvchilarining qobiliyati va tanlovi asosida ta’lim jarayonlarini tashkil etish tajriba-sinovdan o‘tkaziladi.

– Bunda 5-9 sinf o‘quvchilariga vazirlik tomonidan tasdiqlangan tayanch o‘quv reja asosida tayanch bilimlar beriladi.

– Tanlov fanlari  4 ta yo‘nalish (matematika-fizika, ona tili-chet tili, kimyo-biologiya, matematika-chet tili) bo‘yicha joriy etiladi.

– Yo‘nalishlar o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatini hisobga olgan holda o‘tkazilgan so‘rovnomalar asosida shakllantirildi.

– Belgilangan tayanch o‘quv rejaga muvofiq, 4 ta yo‘nalish bo‘yicha 11 ta majburiy va 2 ta tanlov fani o‘qitiladi. 

– Ushbu maktablarda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar tajribasidan kelib chiqqan holda baholashning yangi tizimi joriy etiladi. 

– Tajriba-sinov maktablariga uzluksiz metodik yordam ko‘rsatish maqsadida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar biriktirildi

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu