Sayt test rejimida ishlamoqda

“KITOBXONLIK FESTIVALI” XORAZMDA

1-avgust 2023-yil
image

“KITOBXONLIK FESTIVALI” XORAZMDA

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirib, kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida, respublika bo‘ylab yil davomida har oyning yakunida viloyatlar ketma-ketligida 2023-yilgi "Kitobxonlik festivali"ni o‘tkazib kelmoqda.

Navbatdagi festival Xorazm viloyatida bo‘lib, festival doirasida quyidagi kitobxonlik ko‘rik-tanlovlarining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tadi.

–  “Eng kitobxon maktab”
–  “Eng  faol kitobxon o‘quvchi”
–  “Ijodkor bolalar”
–  “Eng kitobxon oila”
–  “Eng faol kutubxonachi”

Diqqat! Barcha kitobxonlarni 18-avgust kuni "Kitobxonlik festivali"ga chorlab qolamiz! 

Festival g‘oliblari va faol ishtirokchilarga qimmatbaho sovg‘alar, diplomlar, sovrinlar va festival ramzlari tushirilgan esdalik sovg‘alari topshiriladi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu