Sayt test rejimida ishlamoqda

DIQQAT, E’LON!

27-iyul 2023-yil
image

DIQQAT, E’LON!

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida imtihonlar 28-29-30-iyul kuni 3 smenada — 8:00, 12:00 va 17:00 da SMS-xabarnomada ko‘rsatilgan joyda bo‘lib o‘tadi.

Imtihon vaqti va manzili haqidagi ma’lumot  talabgor tomonidan ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma orqali yuborildi.

Imtihon bosqichlari quyidagicha:

Aniq fanlar yo‘nalishi uchun (5-sinflar):
– matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida)
– ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)

Tabiiy fanlar yo‘nalishi uchun (7-sinflar): 
– tabiiy (sciyencye) fanlaridan 30 ta topshiriq (test shaklida)
– ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.

Ma’lumot uchun, Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi.

 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu