Sayt test rejimida ishlamoqda

Vazirlikning hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlar matbuot kotiblari uchun Respublika o‘quv-treningi bo‘lib o‘tdi

21-iyul 2023-yil
image

SEMINAR-TRENING: “OCHIQLIK VA SHAFFOFLIKNI TA’MINLASHDA ZAMONAVIY AXBOROT-KOMMUNIKASIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH”

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan vazirlikning hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlar matbuot kotiblari uchun Respublika o‘quv-treningi bo‘lib o‘tmoqda.

Treninglar davomida Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi bo‘lim boshlig‘i Sadoqat Aslanova tomonidan qonunchilikdagi yangiliklar va faoliyatda ochiqlikni ta’minlashda axborot xizmatining o‘rni haqida so‘z yuritildi.

Shundan so‘ng, ishtirokchilar amaliy interaktiv mashg‘ulotlarda qatnashib, sohani yanada rivojlantirishga oid takliflarini berib o‘tishdi. 

Shuningdek, o‘quv seminari doirasida mobilografiya, sifatli foto va videokontentlar yaratish haqida amaliy treninglar tashkil etildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu