Sayt test rejimida ishlamoqda

O‘zbekistonlik o‘quvchilar 34-Xalqaro Biologiya olimpiadasida 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi

11-iyul 2023-yil
image

O‘zbekistonlik o‘quvchilar 34-Xalqaro Biologiya olimpiadasida 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi

Joriy yilning 3-11 iyul kunlari Birlashgan Arab Amirligida bo‘lib o‘tgan Xalqaro Biologiya olimpiadasi (IBO-2023)da O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Gʻoliblarimiz bilan tanishing:

–  Behruz Tursunov -Toshkent shahar,   Yunusobod tumani,  274-maktabning 11-sinf o‘quvchisi;
–  Gʻolibjon Sharifov - Buxoro viloyati, Kogon tumani, 3-maktabning 10-sinf o‘quvchisi;
– Muhammadibrohim Egamberdiyev - Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik liseyining 2-kurs o‘quvchisi.

Ma’lumot uchun, mazkur olimpiada BAAning Al-Ayn shahrida bo‘lib o‘tib, unda 80 mamlakatdan jami 310 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.

Gʻolib o‘quvchilarimiz Behruz Tursunov, Gʻolibjon Sharifov, Muhammadibrohim Egamberdiyevga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga (https://lex.uz/docs/-4320713) muvofiq 3-o‘rin (bronza medal) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), ustoziga 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofotlari beriladi.

Shuningdek Qarorga muvofiq oltin medalni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarga BHMning 500 baravari (165 mln so‘m), ustoziga 450 baravari (148,5 mln so‘m); 

kumush medal uchun — o‘quvchi BHMning 300 baravar miqdori (99 mln so‘m), ustoziga 250 baravar (82,5 mln so‘m) pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Bundan tashqari, Xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMlarga imtiyoz bilan grant asosida o‘qishga qabul qilinib, keyinchalik ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritadigan taqdirda lavozim maoshiga 150 foiz har oylik ustama oladi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu