Sayt test rejimida ishlamoqda

Xalqaro olimpiadada yana 3 ta medal

13-iyul 2023-yil
image

Xalqaro olimpiadada yana 3 ta medal

Xalqaro matematika olimpiadasida o‘quvchilarimiz 3 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi

 Joriy yilning 5-13-iyul kunlari Yaponiyaning Chibo shahrida dunyoning 112 ta mamlakatidan jami 623 nafar maktab o‘quvchilari ishtirok etgan 64-Xalqaro matematika olimpiadasida(IMO) 3 nafar o‘zbekistonlik o‘quvchi bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Gʻolib o‘quvchilar bilan tanishing:

–  Ozodbek Axtamov -Toshkent shahar, Al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabi  9-sinf o‘quvchisi;

–  Anvarbek Raxmatov - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani, Ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi;

–  Anvarbek Sadulloyev - Buxoro viloyati, Peshku tumani, 18 -maktab, 11-sinf o‘quvchisi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq 3-o‘rin (bronza medal) uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), ustoziga 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofotlari beriladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik yoshlar 1997-yildan boshlab ishtirok eta boshlagan mazkur nufuzli musobaqada hozirga qadar 10 ta kumush va 32 ta bronza medallari qo‘lga kiritilgan.

Olimpiadaning tantanali yopilish marosimi ertaga bo‘lib o‘tadi.

Terma jamoamiz a’zolarini g‘alaba bilan qutlab, omad va zafarlar tilab qolamiz!

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu