Sayt test rejimida ishlamoqda

Eng yaxshi o‘qituvchi va tarbiyachilar Xitoy tomonidan tashkil etilgan seminar-treninglarda ishtirok etishmoqda

27-iyun 2023-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi maktablar va maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan eng yaxshi o‘qituvchi va tarbiyachilar, vazirlik tizimidagi tashkilotlar vakillari Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan tashkil etilgan seminar-treninglarda ishtirok etishayotgani haqida xabar bergan edik.

Ayni vaqtda jismoniy tarbiya o‘qituvchilari uchun o‘quv-amaliy seminari bo‘lib o‘tmoqda. 

 O‘quv-amaliy seminari davomida ishtirokchilar:

– o‘quv jarayonlarini samarali tashkil qilish,
– jismoniy tarbiya va ommaviy sportni aholi  va o‘quvchilar orasida yanada ommalashtirish,
– yirik xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish kabi masalalarni muhokama qilishmoqda.

Trening mashg‘ulotlari 2 hafta davom etadi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu