Sayt test rejimida ishlamoqda

Umumta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilaridan iborat terma jamoa vakillari xalqaro musobaqada kuchli uchlikdan o‘rin oldi 

25-iyun 2023-yil
image

Umumta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilaridan iborat terma jamoa vakillari xalqaro musobaqada kuchli uchlikdan o‘rin oldi 
Bugun Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi “Spassk” o‘quv markazida “Aybin” xalqaro harbiy-vatanparvarlik musobaqasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarimiz Toshkent xalqaro ayeroportida tantanali kutib olindi.
Xalqaro yoshlar ishtirokida 17-23 iyun kunlari bo‘lib o‘tgan tadbir doirasida harbiy-amaliy ko‘pkurash musobaqalari o‘tkazilib, yigit-qizlar o‘rtasida o‘zaro do‘stona raqobat muhiti yaratildi. 

Jumladan, tadbir ishtirokchilaridan iborat 43 ta jamoa vakillari:

– harbiylashgan estafeta,
– arqon tortish, 
– qurolni noto‘liq holda sochib-yig‘ish, 
– ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish vositalaridan foydalanish, 
– pnevatik miltiqda o‘q otish,
– turnikda tortilish hamda intellektual savodxonlik va badiiy havaskorlik yo‘nalishlarida o‘zaro kuch sinashishdi. 
Musobaqalar yakuniga ko‘ra:

Qozog‘iston terma jamoasi — 1-o‘rinni,
O‘zbekiston terma jamoasi — 2-o‘rinni,
Ozarbayjon terma jamoasi esa 3-o‘rinni egalladi.
Gʻoliblarni tabriklab, ularning kelgusi ishlarida omad tilaymiz!

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu