Sayt test rejimida ishlamoqda

Tadbirkor maktablarga kompyuter jamlanmasi va rangli printerlar sovg‘a qildi

20-iyun 2023-yil
image

Jismonan va ma’naviy sog‘lom, har tomonlama yetuk, barkamol yoshlarni tarbiyalash, ularga g‘amxo‘rli qilish borasida viloyatimizda ham bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayniqsa, ishbilarmon tadbirkorlar tomonidan ham kelajak avlod — o‘quvchi-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun shart-sharoitlar yaratib berish borasidagi tashabbuslar ko‘payib borayotgani quvonarli holdir.

Bugun tadbirkor tomonidan  O‘zbekiston tumanidagi 22-maktab, Bag‘dod tumanidagi 39-maaktab, So‘x tumanidagi 13-maktab, Yozyovon 15-maktab, Toshloq 16-maktablar uchun  50 dona kompyuter jamlanmasi va 3 dona rangli printerlar sovg‘a qilindi.

Kutilmagan beminnat tuhfalardan maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari juda xursand bo‘lishdi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu