Sayt test rejimida ishlamoqda

Turkiy davlatlar tashkiloti ta'lim vazirlari Samarqandda uchrashadi!

8-iyun 2023-yil
image

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan joriy yilning 13-14-iyun kunlari Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar ta'lim vazirlarining VII yig'ilishi tashkil etilmoqda.

Mazkur tadbirdan ko'zlangan maqsad –Turkiy davlatlar tashkiloti a’zo mamlakatlari o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va umumiy ustuvor vazifalarni belgilab olishdan iborat.

Ushbu nufuzli  tadbirda O‘zbekiston, Turkiya, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Qozog‘iston ta’lim vazirlari va Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi hamda Xalqaro Turkiy akademiya prezidenti maslahatchisining ishtirok etishi kutilmoqda.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu