Sayt test rejimida ishlamoqda

Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

30-may 2023-yil
image

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o’rinbosari Usmon Sharifxodjayev va Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev so’zga chiqib, ishtirokchilarga omad tiladi.

Ertaga, 31-may kuni olimpiadaning birinchi turiga start beriladi.

Ma’lumot uchun, mazkur xalqaro olimpiadada Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistondan jami 30 ga yaqin o‘quvchilar qatnashmoqda.

Yurtimiz sharafini olimpiadaning hududiy bosqichi g‘oliblari, jami 42 nafar 7-8-sinf o‘quvchilari himoya qiladi.

Ushbu olimpiada  maktab o'quvchilari o'rtasida bu yil ilk marotoba o‘tkazilmoqda.

Kun davomida ishtirokchilar uchun  interaktiv mashg’ulotlar ham tashkil etildi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu