Sayt test rejimida ishlamoqda

109-sonli umumta’lim maktabida ijodiy uchrashuv tashkil etildi

14-may 2023-yil
image

Bugun Chiroqchi tumani markazidan olis tog‘li "Tarag‘ay" mahallasida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida “Yangi O‘zbekistonning yangi iste’dodlari” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. 

Tadbirda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ubaydulla Oripov, Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda chekka qishloq yoshlarining sport, san’at, adabiyot va she’riyatda erishayotgan yutuqlari haqida so‘z yuritildi. Dastlab, maktabning iste’dodli o‘quvchilari o‘zlarining chiqishlarini namoyish etishdi. Shundan so‘ng, tadbirda so‘z olganlar yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yangiliklar haqida to‘xtalishdi. Kelajakda kasb tanlashda yoshlikda olingan bilimning, ayniqsa, kitobning o‘rni va ahamiyati borasida gapirib o‘tishdi. Tadbir so‘nggida maktab kutubxonasi uchun Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ubaydulla Oripov tomonidan badiiy kitoblar hamda televizor sovg‘a qilindi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu