Andijon viloyati XTXQTMO hududiy markazi tomonidan “Til va adabiyot oʻqitilishi hamda oʻqituvchining kasbiy mahoratini takomillashtirish muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
Joriy yilning 21-oktyabr kuni Andijon viloyati XTXQTMO hududiy markazida “Til va adabiyot oʻqitilishi hamda oʻqituvchining kasbiy mahoratini takomillashtirish muammolari” mavzusidagi onlayn Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkaziladi.
Konferensiyani oʻtkazish joyi: Andijon viloyati xalq taʼlimi xodimlari qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi majlislar zali.
Konferensiya quyidagi shoʻbalarda olib boriladi:
1-shoʻba. Til va adabiyot oʻqitishda kompetensiyaviy yondashuvning amaliy ahamiyati.
2-shoʼba. Til va adabiyot taʼlimidagi zamonaviy muammolar: ommaviy insoniy madaniyatni shakllantirish.
3-shoʻʼba. Oʻqituvchining dars oʻtish va taʼlim jarayonidagi rahbarlik mahorati.
4-shoʻba. Taʼlim va tarbiya jarayonida oʻqituvchi kasbiy mahoratiga ommaviy insoniy madaniyatning taʼsir kuchi.
Konferensiya materiallari toʻplam shaklida chop etilishi rejalashtirilgan.
Matnlar 2020-yil 5-oktyabr kuniga qadar yozma va elektron variantda tashkiliy qoʻmitaga topshiriladi.
Konferensiyaning rasmiy tillari: oʻzbek, rus va ingliz tillari.
Manzil: Andijon viloyati, Andijon shahri, Istiqlol koʻchasi, 8-uy.
- Telefonlar: Mavjudaxon Uraimova +99890-625-72-58
- Maxfuzaxon Arabboyeva +99893-242-12-77
- Diloromxon Zohidova +99891-616-96-65
e-mail: iroda8225@mail.ru yoki +99893-706-40-80 telefon raqamidagi telegram kanaliga tashlangan maqola mualliflari guruhi tashkil etilib, tegishli xabarlarni doimiy almashinish imkoniyati boʻladi.