Sayt test rejimida ishlamoqda

Hisobotlar

.

XALQ TAʼLIMI TIZIMIGA 2020-YILDA AJRATILGAN MABLAGʻLARNING DASTLABKI YILLIK IJROSI TOʻGʻRISIDA MAʼLUMOT

25-yanvar 2021-yil
image

2020-yil parametrlari boʻyicha xalq taʼlimi tizimiga jami 22,7 trln. soʻm (2019-yilga nisbatan 111 foiz), shundan respublika byudjeti hisobidan 20,1 trln. soʻm va mahalliy byudjetlar hisobidan 2,6 trln. soʻm ajratilishi belgilangan.

Jumladan, ish haqi va yagona ijtimoiy toʻlov-19,4 trln. soʻm, kapital qoʻyilmalar-1,8 trln. soʻm, boshqa xarajatlar-1,5 trln. soʻmni tashkil etgan.

2020-yil davomida respublika byudjeti hisobidan umumtaʼlim maktablarini ish haqi bilan taʼminlashga jami 17,9 trln. soʻm mablagʻ yoʻnaltirilib, ushbu mablagʻlar hisobiga tizimdagi 10 008 ta umumtaʼlim maktablarda 700 mingdan ortiq faoliyat yuritayotgan xodimlar oʻz vaqtida ish haqi bilan taʼminlandi.

Tizimga ajratilgan Davlat byudjeti mablagʻlarining yil yakuni boʻyicha ijrosi 22,5 trln. soʻmni (99,3 foiz) tashkil etdi (1-jadval).

25-01-2021-21-42-14.png

Mazkur mablagʻlar quyidagi maqsadlar uchun yoʻnaltirildi:

I. Umumtaʼlim muassasalarini moddiy texnikasini bazasini mustahkamlashga:

Umumtaʼlim muassasalarini moddiy texnikasini bazasini rivojlantirish maqsadida 2020-yilda jami 505 ta obyektlarga, shundan 42 ta yangi qurish, 265 ta rekonstruksiyalash va 198 ta mukammal taʼmirlash, jami 1,55 trln. soʻmlik qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirildi (2-jadval).

2-zadval.png

Buning natijasida 70 mingdan ortiq qoʻshimcha oʻquvchi oʻrni yaratilib, mavjud 165 mingga yaqin oʻquvchi oʻrinlari mukammal taʼmirlandi.

2020-yilda 414 ta umumtaʼlim maktablari 143,5 mlrd. soʻmlik mebel, oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari, sport anjomlari va boshqa texnik vositalar bilan jihozlandi.

II. Pandemiya sharoitida tizimda moddiy qoʻllab-quvvatlash va zarur himoya vositalari bilan taʼminlashga:

2020/2021 oʻquv yili boshlangunga qadar barcha oʻqituvchilar testdan oʻtkazilib, grippga qarshi emlandi. Jumladan, 689 383 nafar xodimlar (503 143 nafar pedagog, 186 240 nafar boshqa xodimlar) testdan (COVID-19) oʻtkazildi, 503 143 nafar xodimlar grippga qarshi emlandi.

Koronavirusdan profilaktikasi uchun maktab oʻqituvchilari gidroksixloroxin va sink dori vositalari bilan taʼminlandi. Jumladan, 689 383 nafar xodimlarga 5,5 mln. dona gidroksixloroxin va 20,7 mln. dona sink preparati tarqatildi.

Tizimdagi umumtaʼlim muassasalari himoya va gigiyenik vositalar bilan toʻliq taʼminlandi. Ushbu maqsadlar uchun jami 26,2 mlrd. soʻm, shundan Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasi hisobidan 17 mlrd. soʻm va mahalliy byudjetlar hisobidan 9,2 mlrd. soʻm ajratildi. Bunda 25 284 dona pirometrlar, 719 790 litr antiseptik, 271 990 dona pulverizatorlar, 16 771 dona dozatorlar markazlashgan holda xarid qilinib joylarga yetkazildi.

Karantin davrida aprel-avgust oylari uchun (maktab faoliyati tiklanmagan davrda) ham tizimdagi xodimlarning ish haqi (5,9 trln.soʻm) toʻliq toʻlab berildi.

Shu bilan birga, joriy yilda direktor jamgʻarmasi hisobidan toʻlovlar toʻxtatilgan boʻlsada, umumtaʼlim muassasalari xodimlariga mehnat taʼtili uchun ushbu jamgʻarma hisobidan 100,8 mlrd.soʻm mablagʻlar oʻz vaqtida toʻlab berildi.

III. Tizimdagi markazlashgan xarajatlarni amalga oshirishga.

Oʻquvchilarni oʻquv qurollari toʻplami bilan taʼminlash:

Joriy yilda birinchi sinf oʻquvchilari va kasalligi tufayli yakka tartibda uyida taʼlim oladigan nogiron bolalar 71,4 mlrd. soʻmlik 12 nomdagi jami 664 915 ta oʻquv qurollari toʻplami bilan taʼminlandi.

Umumtaʼlim muassasalarini darsliklar va oʻquv metodik qoʻllanmalar bilan taʼminlash:

2020-2021 oʻquv yili umumtaʼlim muassasalari uchun jami 608 nomdagi 28,3 mln. nusxadagi darslik va oʻquv-metodik qoʻllanmalar (1-sinf, 4, 5-sinflar, 1-9-sinflar uchun “Tarbiya” fani, 5, 8, 9-sinflar uchun “Informatika” fani, 10-11-sinflar uchun “Ona tili” va “Oʻzbek tili” darsliklari hamda oʻquv-metodik qoʻllanmalar) chop etilib, yetkazib berildi hamda ushbu maqsadlarga 212,4 mlrd. soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi.

Umumtaʼlim muassasalarini sinf jurnallari va maktab hujjatlari bilan taʼminlash:

Umumtaʼlim muassasalarini 2020-2021 oʻquv yilida maktab hujjatlarini (497 120 dona 9-sinf shaxodatnomalari, 458 182 dona

11-sinf attestat blankalari, 237 405 dona sinf jurnallari, 1 210 430 dona baholar tabellari va 75 089 dona boshqa maktab hujjatlari) xarid qilish uchun joriy yilda Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan jami 6,9 mlrd. soʻmlik shartnomalar imzolanib, barcha maktab hujjatlari taʼlim muassasalariga yetkazib berildi.

Shuningdek, 746,5 mln. soʻmga 4 643 dona oltin, 2 199 dona kumush medallar xarid qilinib, umumtaʼlim muassasalariga yetkazildi.

Tizimdagi muassasa va tashkilotlarning telekommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash:

Joriy yilda Davlat byudjetidan ajratilgan 54 mlrd. soʻm mablagʻ hisobiga 2,5 mingdan ortiq umumtaʼlim muassasalari ichki lokal tarmoq uskunalari hamda Wi-Fi qurilmalar bilan taʼminlandi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu