Sayt test rejimida ishlamoqda

Tenderlar

.

Eng yaxshi taklifni tanlash to‘g‘risida eʼlon

20-aprel 2022-yil
image

Tanlash nomi: Taʼlim muassasasini moddiy texnik mustaxkamlash yuzasidan tovarlar xarid qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Taʼlim muassasasini moddiy texnik mustaxkamlash yuzasidan tovarlar xarid qilish bo‘yicha eng yaxshi taklifni aniqlash yuzasidan davlat xaridini o‘tkazmoqda.

Mazkur tanlashda mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, ishlab chiqarish va/yoki buyurtmachiga sifati va bahosi jihatidan maʼqul tarzda hamda ko‘rsatilgan miqdorlarda mahsulot yetkazib berish imkoniyati va tajribasiga ega barcha mahalliy va xorijiy korxona va tashkilotlar ishtirok etishlari mumkin.

Shuningdek, tanlash konsorsium shaklidagi turli birlashmalar ham qatnashishlari mumkin.

Tanlash ishtirokchisi:

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari talablariga javob beradigan, tovarlar yetkazib beruvchi xaridlar obyekti hisoblangan yuridik shaxs bo‘lishi;

Shartnoma tuzish huquqiga ega bo‘lishi;

Shartnomani bajarish uchun yetarli moliyaviy resurslarga ega bo‘lishi kerak.

Tanlash takliflari elektron tarzida qabul qilinadi.

Tanlash g‘oliblari– xorijiy, mahalliy korxonalar va tashkilotlar shartnoma umumiy summasining 15% miqdoridagi oldindan to‘lab berilgan kundan boshlab, tovarlarni 5 kun muddatda tanlash hujjatining texnik tafsilotlariga muvofiq yetkazadi.

Tanlash o‘tkazish jarayonlari va tartibi haqida qo‘shimcha maʼlumot olish istagida bo‘lgan tanlov ishtirokchilari, Davlat buyurtmachisi eʼlon nashr qilingan sanadan boshlab (haftaning shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) har kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar Davlat buyurtmachisiga quyidagi manzil bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin:

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu