Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Bosh prokuratura va boshqa mas’ullar tomonidan mutaxassislarning ish yuritish malakasi hamda kasbiy darajasini oshirish maqsadida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xodimlari hamda tizim tashkilotlarida faoliyat yurituvchi tarkibiy boʻlim rahbarlari uchun iqtisodiy oʻquv oʻtkazildi.

O‘quv seminarini Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri o‘rinbosari Sardor Radjabov ochib berdi.
– Dastlab, maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida korrupsiyadan holi muhit yaratish boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor masalalar hamda vazirlik va tizim rahbariyatining bu boradagi shaxsiy masʼuliyati xususida so‘z yuritildi.
Soʻngra so‘zga chiqqanlar tomonidan oʻquv mashgʻuloti ishtirokchilari uchun Davlatimiz Rahbarining joriy yilning 5-martidagi korrupsiyaning oldini olish boʻyicha ishlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan kengaytirilgan yigʻilishda maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida korrupsiyaviy holatlarni barvaqt oldini olishga doir belgilangan vazifalar ijrosi taʼminlanishi boʻyicha zaruriy koʻrsatma va takliflar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob qaytarildi.