Sayt test rejimida ishlamoqda

"TA'LIMDA LIDERLIK" MAVZUSIDAGI TRENING KURSLARNING BIRINCHI KUNI QANDAY O'TDI?

1-mart 2022-yil
image

Ma'lumki, kuni kecha xalq ta'limi vazirligi tashabbusi bilan A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan "Mfaktor" ta'lim markazi hamkorligida 26 fevral - 2 mart kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar XTB boshliqlari hamda tuman (shahar) xalq ta'limi bo'limi mudirlari uchun tashkil etilgan trening kurslarining ochilishi bo'lib o'tdi.

"Ta'limda liderlik" trening kurslarining birinchi kuni xalq ta'limi vaziri Baxtiyor Saidov, Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov va "Mfaktor" asoschisi Xasan Xusan Mamasaidovlar boshchiligida olib borildi.

Mazkur kurs xalq ta'limi tizimidagi rahbar xodimlarni boshqaruvda liderlik, menejerlik ko'nikmalarini oshirishga qaratilganligi qayd etildi.

Bugundan trening kurslari boshlandi. Unda boshqaruv kompetentligi bo'yicha katta tajribaga ega bo'lgan liderlar tomonidan master-klasslar olib boriladi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu