Sayt test rejimida ishlamoqda

TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA

7-iyul 2021-yil
image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq taʼlimi tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-sentyabrdagi PQ-3931-son qaroriga asosan xalq ta’limi sohasiga davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari joriy etilgan hamda nodavlat umumta’lim tashkilotlari ulushini oshirish belgilangan.

Quyidagi Xalq ta'limi vazirligi tasarrufidagi bino-inshootlarida:

1.     Toshkent shahar, Olmazor  tumanida joylashgan A.Avloniy nomidagi xalq taʼlimi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot institutiga tegishli test markazi sport zal binosida (339,3 kv.m.);

2.     Samarqand viloyati, Samarqand shahrida joylashgan Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Samarqand viloyati xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning va ularning malakasini oshirish hududiy markaziga tegishli test markazi sport zal binosida (560,2 kv.m.)

3.     Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida joylashgan Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Qashqadaryo viloyati xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning va ularning malakasini oshirish hududiy markaziga tegishli test markazi sport zal binosida (172 kv.m.),

4.     Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahrida joylashgan Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning va ularning malakasini oshirish hududiy markaziga tegishli test markazi sport zal binosida (355,2 kv.m.);

5.     Namangan viloyati, Namangan shahrida joylashgan Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Namangan viloyati xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning va ularning malakasini oshirish hududiy markaziga tegishli test markazi sport zal binolarida (275,8 kv.m.) (keyingi oʻrinlarda — DXSH obyekti) davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida umumta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan, toifaga ega bo’lmagan oliy va o’rta maxsus ma’lumotli pedagog xodimlarni fan yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini bilish darajasini hamda malaka toifasini aniqlash uchun shaffof test sinovlarini o‘tkazish orqali attestatsiyadan o’tkazish va sertifikatlar bilan ta’minlash rejalashtirilgan.

Davlat-xususiy sheriklik loyihasi shartlari o‘z ichiga quyidagilarni oladi:

- tashkil etilayotgan xalq taʼlimi sohasida faoliyat olib borayotgan rahbar, mutaxassis va pedagog xodimlarni fan yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini bilish darajasini hamda malaka toifasini aniqlash uchun shaffof test sinovlarini muddatli topshiriladigan imtihonlarini to‘lovsiz bepul tashkil etishni ta’minlash;

- davlat sherigi bilan kelishilgan loyiha hujjatlari asosida DXSh obyeklarida xalq taʼlimi sohasida faoliyat olib borayotgan rahbar, mutaxassis va pedagog xodimlarni fan yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini bilish darajasini hamda malaka toifasini aniqlash uchun shaffof test sinovlarini o‘tkazish uchun zamonaviy test markazini tashkil etish uchun bino va inshootlarining moddiy-texnik bazasini zamonaviy standartlarga mos ravishda tashkil etish;

- bitim amal qilish muddati davomida DXSh obyektini asosiy faoliyat turini o‘zgartirmagan holda foydalanish;

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida” 2019-yil 10-maydagi O‘RQ-537-son Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2020-yil 26-apreldagi 259-son qaroriga muvofiq mazkur loyihaning konsepsiyasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan joriy yil 8-iyunda tasdiqlangan.

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq tasdiqlangan davlat-xususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasini potentsial davlat sherigi (Xalq ta’limi vazirligi) tomonidan boshqa talabgorlarga davlat-xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish maqsadida o‘zining hamda Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligining rasmiy veb-saytida qirq besh kalendar kun muddatda e’longa joylashtirdi.

Qiziqish bildirish uchun so‘rov shakli  (.docx, 25.1KB)

Loyiha konsepsiyasi (.pdf, 2,690KB)

Tenderda qatnashish uchun manfaatdor tomonlar qiziqish bildirish uchun so‘rov va tender arizalarini (takliflarini) 2021-yil 20-avgust Toshkent vaqti bilan soat 18.00 gacha topshirishlari kerak.

Qiziqish bildirish uchun so‘rov va tender arizalari (takliflar) quyidagi manzilda qabul qilinadi: Toshkent shahri, A.Navoiy ko‘chasi, 2a uy (Xalq ta’limi vazirligi).

O‘zbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga binoan, qiziqish bildirish uchun so‘rov va tender arizalar (takliflar) olingan taqdirda, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan loyihaning xususiy tashabbuskori va qiziqish bildirgan uchinchi tomonlar ishtirokida xususiy sherikni aniqlash uchun tender o‘tkazadi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu