Sayt test rejimida ishlamoqda

TADBIRKORLAR VA SARMOYADORLAR DIQQATIGA

23-iyul 2021-yil
image

Xalq taʼlimi tizimida zamonaviy yagona interaktiv kontent tizimini joriy etish boʻyicha hamkorlik.

Bugungi kunda umumtaʼlim maktablarini yuqori tezlikdagi internet tarmogʻiga ulash boʻyicha ishlar yakunlanmoqda va keyingi bosqichda umumtaʼlim maktablarini yuqori sifatli taʼlim resurslari bilan taʼminlash amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabati bilan, Xalq taʼlimi vazirligi xalq taʼlimi tizimida zamonaviy yagona interaktiv kontent tizimini yaratish va joriy etish boʻyicha xususiy sektor vakillarini hamkorlikka chaqiradi.

Loyihani amalga oshirishga qiziqish bildirgan tadbirkorlik subyektlari quyidagi kriteriyalarga hamda “Xalq taʼlimi tizimi uchun yagona interaktiv kontent tizimga talablar”ga (alohida faylda) javob beruvchi takliflarini taqdim etishlari kerak:

1. Tizim xalqaro taʼlim tashkilotlari dasturlari va tajribasiga asoslangan (hamkorlikni tasdiqlovchi hujjat asosida) boʻlishi;

2. Respublikaning barcha hududlaridagi umumtaʼlim maktablarida kontent tizimidan onlayn foydalanish imkoniyati;

3. Tizimdagi kontent umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarida milliy vatanparvarlik, tanqidiy fikrlash va bilim salohiyatini oshirishga xizmat qilishi;

4. Tizimdan foydalanish uchun davlat yoki foydalanuvchilar tomonidan toʻlanadigan yillik toʻlovlar miqdorining kamligi yoki toʻlovlar amalga oshirilmasligi (asoslangan batafsil moliyaviy hisob-kitoblar bilan);

5. Barcha fanlar va sinflar kesimida, amaldagi umumtaʼlim oʻquv standartlariga javob beruvchi, hamda oʻzbek, rus va qardosh tillarda qoʻshimcha ravishda sifatli taʼlim resurslaridan foydalanish imkoniyatining yaratilishi.

Loyihani davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish istagida boʻlgan tadbirkorlik subyektlari quyidagi hujjatlarni toʻldirgan va tasdiqlangan holda Vazirlikka taqdim etishlari zarur:

Loyiha konsepsiyasi shakli

Loyiha baholash hujjati (moliyaviy model) shakli

Diqqat! Loyiha takliflari joriy yilning 10-avgust kuni soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi. Qiziqish bildirgan tadbirkorlik subyektlari oʻz takliflarini Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, 2A-uy (pochta indeksi: 100011) manzili boʻyicha Vazirlik devonxonasiga shaxsan taqdim etishlari yoki info@xtv.uz hamda gchpmno@gmail.com elektron pochtasi orqali yuborishlari soʻraladi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu