Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “Maktabgacha va maktab taʼlimini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-241-son qarorining 1-bandida Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish va bu borada maktab direktori, ota-onalar va mahalla raislari masʼuliyatini kuchaytirish maqsadida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 2022-yil 1-sentyabrdan boshlab respublikaning barcha tuman (shahar)lari kesimida namunali maktablar reytingini shakllantirish va eʼlon qilib borish vazifasi belgilangan.
Shunga asosan, umumiy oʻrta taʼlim maktablarida olib borilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlar holati 7 ta reyting koʻrsatkichlari asosida baholanmoqda.
Maʼlumot uchun: 2024-yil 5-may holatiga “qizil” toifadagi maktablar soni 61 tani tashkil etgan boʻlsa, hech bir maktab 2025-yil 1-may holatida “qizil” toifada qayd etilmagan.
2024-yil 5-may holatiga “sariq” toifadagi maktablar soni 3 ming 212 tani tashkil etgan boʻlsa, bu koʻrsatgich 2025-yil 1-may holatiga 2 155 tani tashkil qiladi (yoki 1 ming 057 taga kamaygan).
2024-yil 5-may holatiga “yashil” toifadagi maktablar soni 6 ming 797 tani tashkil etgan boʻlsa, bu koʻrsatgich 2025-yil 1-may holatiga 7 953 tani tashkil qiladi (yoki 1 ming 156 taga koʻpaygan).
7 ta reyting koʻrsatkichlari yordamida respublikaning barcha tuman (shahar)lari kesimida namunali maktablar reytingi aniqlandi.
Reyting natijalarini yuklab olish