Сайт тест режимида ишламоқда

ЎҚУВЧИЛАРНИ КАСБ-ҲУНАРГА ЙЎНАЛТИРИШДА АМАЛГА ОШИРИЛИШИ ЛОЗИМ БЎЛГАН УСТУВОР ВАЗИФАЛАР МУҲОКАМА ЭТИЛДИ

26 ноябрь 2021 йил
image

Joriy yilning 26-noyabr kuni “Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirishda amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar” mavzusida xalq taʼlimi tizimida faoliyat olib borayotgan metodistlar, psixologlar hamda umumtaʼlim fanlari darsliklarining mualliflari uchun seminar boʻlib oʻtdi.

Seminarni Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari Voxobjon Rajapov ochib, ishtirokchilariga maktablarda oʻquvchilarini kasb-hunarga yoʻnaltirish boʻyicha amalga oshirilayotgan va rejalashtirilayotgan ishlar, yuksak bilimli va zamonaviy fikrlaydigan yoshlarni kasb-hunarga yoʻnaltirishda, joriy etilayotgan yangiliklar toʻgʻrisida maʼlumot berdi.

photo2021-11-2619-19-39.jpg

YUNISEFning Yoshlar va oʻsmirlar rivojlanishi boʻyicha maslahatchisi Volfson Inna, Oʻzbekistondagi Gyote Institutining nemis tili boʻyicha taʼlim sohasida hamkorlik boʻlimi xodimi Ismatillayeva Dilorom, Xalq taʼlimi vazirligining bosh mutaxassisi Mamadaliyev Abdukamol, Respublika taʼlim markazi direktori oʻrinbosari Tillaboyev Isroil va Respublika tashxis markazining boʻlim boshligʻi Foziljonov Hayotning amalga oshirilgan ishlar va rejalar yuzasidan taqdimotlari tinglandi.

photo2021-11-2619-52-39.jpg

Seminar davlatimiz rahbarining oʻquvchilarini kasb-hunarga yoʻnaltirishning yangi tizimini yaratish borasidagi muhim tashabbusi doirasida tashkil etilgan boʻlib, kasb-hunarga yoʻnaltirish usullarini muhokama qilish, umumtaʼlim fanlari darsliklariga kasbiy koʻnikmalarni singdirish sohada xalqaro tashkilotlar va taʼlim muassasalari oʻrtasida hamkorlik oʻrnatish maqsadida oʻtkazildi.

.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu