Sayt test rejimida ishlamoqda

Vazirlik markaziy apparati

.
image

Normurodov
Shaxzod
Sayfiddin o‘g’li

Ijro intizomi bo‘limi boshlig'i

09:00 - 18:00

Bo‘limning asosiy vazifalari va funksiyalari quyidagilar hisoblanadi:

Vazirlik markaziy apparati boshqarma va boʻlimlari tomonidan 1a, 2a va 3a nazorat kartochkalari yuritiladigan Qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror va farmoyishlari, shuningdek Prezident Administratsiyasi topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, majlis va yigʻilish bayonlari, Bosh vazir, Bosh vazir oʻrinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining topshiriqlari, shuningdek vazirlikning Hayʼat, umumiy majlis qarorlari (videoselektor va boshqa yigʻilishlar), rahbarning asosiy faoliyatga oid buyruqlari, farmoyishlari, nazorat rejalari, tadbirlar va boshqa qarorlarini belgilangan muddatda ijro etilishini nazorat qilish, tahliliy maʼlumotnomalar tayyorlash va rahbariyatga taqdim etish;

Vazirlik markaziy apparatida hamda xalq taʼlimi tizimidagi barcha boʻgʻinlarda ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilishni “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi markaziy apparatida ish yuritish va hujjatlar ijrosini nazorat qilish toʻgʻrisidagi “Yoʻriqnoma”ga asosan joriy etilishini nazorat qilish;

ijro muddati yaqinlashgan nazorat kartochkasi yuritiladigan hujjatlar,

shu jumladan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim va ustuvor masalalariga oid, bajarilishi uzoq muddatga moʻljallangan hujjatlarning ijrosi borishini barcha bosqichlarda tekshirib turishni nazorat qilish rejasi asosida olib borish, uning ijrosini taʼminlashni masʼul ijrochilardan talab qilish, tekshirish, tahlil qilish va har hafta yakunida rahbariyatga axborot berish;

Hayʼat va ishlab chiqarish (apparat) majlis va yigʻilishlarini tashkillashtirish, uning bayonini yuritish, shuningdek tegishli qarorlar loyihalari, tahliliy, axborot va boshqa materiallar tayyorlanishini hamda hujjatlar tahririni taʼminlash;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari, vazirlik respublika tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalar tomonidan nazorat kartochkalari yuritiladigan hujjatlar ijrosining taʼminlanishiga oid ish amaliyotini yillik tasdiqlangan reja (grafik) asosida joylarga borib maqsadli oʻrganishlarni tashkil etish va amaliy yordam koʻrsatish, shuningdek belgilangan tartibda kompleks oʻrganishlarda ishtirok etish;

“Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimining ishlash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom talablari asosida Vazirlik tizimida “Ijro.gov.uz” ijro intizomi bilan ishlash yoʻnalishini muvofiqlashtirish;

“Ijro.xtv.uz” elektron xujjat aylanish tizimini ishlash tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma talablari asosida vazirlik markaziy apparatida hamda xalq taʼlimi tizimidagi barcha boʻgʻinlarda xujjat aylanishi tizimini toʻliq foydalanilishi va joriy etilishini muvofiqlashtirish;

nazoratga olingan hujjatlar ijrosi muddatini surunkali ravishda buzgan aybdor xodimlarga nisbatan tegishli intizomiy choralar koʻrish boʻyicha vazirlik rahbariyatiga maʼlumot kiritish;

topshiriqlarning ijrosini puxta tahlil qilgan holda nazoratdan olish va baho berib borish;

“Ijro.xtv.uz” tizimi orqali topshiriqlarning nazoratini olib borish;

“Ijro.xtv.uz” tizimi bilan ishlamaydigan foydalanuvchilarni aniqlash va muntazam ravishda rahbariyatga axborot kiritib borish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari hamda topshiriqlarini toʻliq va oʻz vaqtida bajarmagan, shuningdek, “Ijro.xtv.uz” tizimi orqali ijro holati toʻgʻrisida maʼlumotlarni toʻliq boʻlmagan holda, notoʻgʻri va kechiktirib taqdim etgan va masalalarni hal etishda muddat buzilishiga yoʻl qoʻygan masʼul rahbar va ijrochilarni javobgarlikka tortish toʻgʻrisida takliflar kiritib borish;

“Ijro.xtv.uz” tizimi orqali topshiriqlarning ijrosi holati toʻgʻrisida maʼlumotlarni toʻliq boʻlmagan holda, notoʻgʻri va kechiktirib taqdim etgan xodimlarga nisbatan intizomiy choralar koʻrish toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritib borish;

Vazirlik rahbariyati topshirigʻiga asosan belgilangan vakolat doirasida ijro intizomi buzilishiga yoʻl qoʻygan tarkibiy boʻlinmalarda xizmat tekshiruvlari oʻtkazish.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu