Sayt test rejimida ishlamoqda

Vazirlik markaziy apparati

.
image

YESHNAZAROV
SHAXBOZ
ASANBAYEVICH

Davlat xaridlarini tashkil etish bo‘limi

09:00 - 18:00

Yeshnazarov Shaxboz Asanbayevich 1990-yil 12-mart kuni tavallud topgan. 2011-yilda Jizzax politexnika institutini (bakalavr), 2013-yilda esa Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini (magistratura) tamomlagan.

2007-2011 yy. - Jizzax politexnika instituti bakalavri

2011-2013 yy. - Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistranti

2013-2014 yy. - Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasiining madaniy meros obyektlarini taʼmirlash tiklash ishlarinitashkil qilish boʻlimi yetakchi mutaxassisi

2014-2014 yy. - Madaniyat va sanʼat koʻrgazmasi iqtisodchisi

2014-2015 yy. - Madaniyat va sport ishlari vazirligi Maʼnaviy-maʼrifiy muassasalar, muzeylar axborot resurs markazlari boshqarmasi bosh mutaxassisi

2015-2017 yy. - Madaniyat va sport ishlari vazirligi Iqtisodiy tahlil va moliya boshqarmasi bosh mutaxassisi

2017-2018 yy. - Madaniyat vazirligi Iqtisodiy tahlil va moliya boshqarmasi bosh mutaxassisi

2018-2019 yy. - Madaniyat vazirligi Iqtisodiy tahlil va moliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari

2019-2019 yy. - Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi moliya boʻlimi bosh mutaxassisi

2019-2019 yy. - Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali Bosh buxgalteri

2019 - 2023 yy. - Xalq taʼlimi vazirligi davlat xaridlari boʻlimi boshligʻi

2023 yildan - 2023 y. - h.v.  - Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi davlat xaridlarini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i

Quyidagilar Boʻlimning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonuni shuningdek, vazirlik ehtiyojlarini taʼminlash uchun tovar, ish va xizmatlarning xarid qilinishini amalga oshirilishida belgilangan normativ-xuquqiy hujjatlar talablarini bajarilishini taʼminlash;

vazirlik ehtiyojlarini taʼminlash uchun tovar, ish va xizmatlarni respublika byudjet mablagʻlari, xorijiy investorlar mablagʻlari, xalqaro

va xorijiy moliya institutlari grantlari, kreditlari shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan davlat xaridlarini oʻrnatilgan tartibda tashkillashtirish;

byudjet mablagʻlari va (yoki) qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan olingan mablagʻlarning samarali va maqsadli ishlatilishini taʼminlash;

davlat buyurtmachisining kasbiy mahorati, asoslanganlik, moliyaviy mablagʻlardan foydalanishning oqilonaligi, tejamkorligi va samaradorligi, ochiqlik va shaffoflik, tortishuv va xolislik, mutanosiblik, davlat xaridlari tizimining yagonaligi va yaxlitligi, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik kabi prinsiplarga amal qilish;

tender savdolarini tashkil qilish, oʻtzkazish jarayonlarini va vazirlikning shu bilan bogʻliq hujjatlar aylanishi jarayonlarini muvofiqlashtirish;

vazirlikda tashkil qilingan Tanlov komissiyasi ish faoliyatini hamda uning vazirlikning texnik va texnologik taʼminotini taʼminlashda yordam beruvchi ishchi organi faoliyatini muvofiqlashtirish;

boʻlim ish faoliyatiga aloqador masalalar yuzasidan Vazirlik va boshqa vazirlik va idoralar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni qoʻllab-quvvatlash.

Boʻlim oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

Boʻlim oldida turgan vazifalarni samarali hal etish uchun zarur boʻlgan axborotni vazirlikning boshqa boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlikda toʻplaydi va ularni puxta ishlaydi;

Vazirlik ehtiyojlarini taʼminlash uchun tovar, ish va xizmatlar xaridi hajmi yuzasidan reja tuzadi;

davlat xaridlarini amalga oshirish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqadi;

Boʻlim ish faoliyati yuzasidan hisobotlarni tayyorlaydi;

Vazirlik ehtiyoji uchun tovar, ish va xizmatlarning xaridi yuzasidan www.xarid.uz saytida eʼlonlarni joylaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunida belgilangan xarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish turlari boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtiradi va davlat xaridini amalga oshiradi;

Davlat xaridlari bilan bogʻliq hujjatlarni rasmiylashtiradi

va saqlaydi.

Boʻlimga ularning xizmat majburiyatiga kirmaydigan qoʻshimcha majburiyatlarni yuklashga, shuningdek boʻlim funksiyalari va vazifalarini vazirlikning boshqa tarkibiy boʻlinmalari zimmasiga yuklashga yoʻl qoʻyilmaydi.

info@xtv.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu