Sayt test rejimida ishlamoqda

Vazirlik markaziy apparati

.
image

SIRADJEV
ILXOM
TOXIROVICH

Moliya-iqtisod departamenti direktori

Siradjev Ilxom Toxirovich 1986-yil 7-dekabrda tavallud topgan. 2008-yil Toshkent davlat texnika universiteti (bakalavr), 2010-yil Toshkent davlat texnika universiteti (magistr)ni tamomlagan.
2017-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi “Boshqaruv kadrlarni qayta tayyorlash” kursi tinglovchisi.

2006-2007 yy. – Toshkent shahar o‘quvchilar texnik ijodiyot markazi to‘garak rahbari

2007-2008 yy. – Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi marketing bo‘limi bosh mutaxassisi

2008-2009 yy. – Toshkent shahar o‘quvchilar texnik ijodiyot markazi axborot-maʼrifiy bo‘limi mudiri

2009-2009 yy. – Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi iqtisodchisi

2011-2012 yy. – Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi Moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi

va moddiy taʼminlash bo‘limi yetakchi mutaxassisi

2012-2017 yy. – Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi Moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi

va moddiy taʼminlash bo‘limi bosh mutaxassisi

2017–2017 yy. – Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi Moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi

va moddiy taʼminlash bo‘limi boshlig‘i

2017–2018 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi

va hisoboti boshqarmasi bosh iqtisodchisi

2018 –2018 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi

va hisoboti boshqarmasi boshlig‘i v.b.

2018–2020 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Moliyaviy tahlil va rejalashtirish boshqarmasi boshlig‘i

2020–2023 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Moliya departamenti direktori

2023 y. – x.v. – Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Moliya-iqtisod departamenti direktori

Quyidagilar departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Vazirlik va uning tasarrufidagi respublika byudjetidan mablagʻ oluvchi tashkilot va muassasalar ehtiyoji uchun respublika byudjetidan mablagʻ olishga byudjet soʻrovini tayyorlash;

Vazirlik markaziy apparatining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini, markazlashgan mablagʻlar va markazlashgan tabirlar uchun ajratilgan mablagʻlar xarajatlar smetasini, shuningdek, ularga kiritiladigan oʻzgartirishlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va oʻrnatilgan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilishini taʼminlash;

Vazirlik tasarrufidagi respublika byudjetidan mablagʻ oluvchi tashkilot va muassasalarning xarajatlar smetalari va jamlanma xarajatlar smetalarini, shtatlar jadvali va jamlanma shtatlar jadvalini, shuningdek, ularga kiritilgan oʻzgartirishlarni roʻyxatdan oʻtkazishni tashkil etish;

xalq taʼlimi tizimi uchun ajratiladigan yoqilgʻi limitlarning tizimdagi muassasa va tashkilotlarga belgilangan meʼyorlar asosida taqsimlash;

xalq taʼlimi muassasalari uchun xizmat yengil avtomashinalarning cheklangan soni (limit)ni ajratilishini tartib soladi;

moliyaviy-iqtisodiy masalalarga doir normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, vazirlik qarorlari, buyruqlari va shu kabi boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;

hududiy xalq taʼlimi boʻlinmalarning va ularning tasarrufidagi tashkilot va taʼlim muassasalarning ehtiyoji uchun tegishli moliya organlaridan mablagʻ olishga byudjet soʻrovini tayyorlanishini nazorat qilish;

xalq taʼlimi muassasalarning oʻquv-yordamchi va texnik-xizmat koʻrsatuvchi xodimlarining namunaviy shtatlarni tartib soladi va doimiy ravishda muvofiqlashtirib boradi;

Vazirlik muassisligidagi tashkilot va muassasalarning moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlarini koʻrib chiqish, ularni yana-da takomillashtirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Vazirlikka toʻgʻridan-toʻgʻri boʻysunadigan muassasa va tashkilotlarning ehtiyojlaridan kelib chiqib Respublika byudjetidan ajratiladigan mablagʻlarni taqsimlanishini nazorat qiladi;

Xalq taʼlimi tizimi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, uning hududiy boʻlinmalari hamda Xalq taʼlimi muassasalarining moliyaviy-iqtisodiy va moddiy sharoitlarini yaxshilash boʻyicha ishlarni tashkil etadi;

xalq taʼlimi muassasalari tomonidan byudjetdan tashqari mablagʻlarni jalb etilishiga koʻmaklashadigan normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqadi;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalarining Moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va moddiy taʼminot boʻlimlari, tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlarining markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;

boshqarmaga kelgan murojaatlarni koʻrib chiqish, jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qiladi;

vazir huzuridagi ishlab chiqarish va hayʼat majlislarida qatnashadi.

Departament oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

byudjetdan ajratiladigan mablagʻlarni olish uchun byudjet soʻrovlarini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi;

byudjet buyurtmalarini tuzish uchun koʻrsatkichlarni va materiallarni vazirlik tasarrufidagi muassasalarga yetkazadi;

xarajatlar smetalari va shtat jadvallarini tuzish uchun vazirlik tasarrufidagi tashkilotlarga ularning tegishli moliya yiliga byudjetdan ajratiladigan mablagʻlari hajmlarini yetkazadi;

xarajatlar smetalari va shtat jadvallaridagi oʻzgartirishlar toʻgʻrisida vazirlik tasarrufidagi tashkilotlarni xabardor qiladi;

tizimdagi tashkilot va muassasalarning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, Hukumat qarorlari loyihalarini ishlab chiqadi;

tegishliligi boʻyicha fuqarolardan, korxona va tashikilotlardan, vazirlik va idoralardan kelib tushgan murojaatlarni, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va boshqa yuqori turuvchi organlarning topshiriqlarini oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqadi, bajaradi va vazirlik rahbariyatiga takliflar kiritadi;

boshqarmada bajarilgan ishlar boʻyicha hisobotlar tayyorlaydi va vazirlik rahbariyatiga kiritib boradi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu