Sayt test rejimida ishlamoqda

Vazirlik markaziy apparati

.
image

OQILOV
QODIR
RAJABBOY OʻGʻLI

Soha infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i

Oqilov Qodir Rajabboy oʻgʻli 1981-yil 19-iyun kuni tavallud topgan. 2004-yilda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutini tamomlagan.

Quyidagilar boshqarmaning asosiy vazifalari hisoblanadi: 

respublikadagi mavjud taʼlimi muassasalarini bino-inshootlarini xatlovdan oʻtkazish, ulardagi mavjud oʻquv va yordamchi binolari holatini aniqlash va maʼlumotlar bazasini shakllantirish; 

taʼlim muassasalarini qurilish-taʼmirlash (yangi qurilish, rekonstruksiya va mukammal taʼmirlash) boʻyicha shakllantirilgan manzilli roʻyxatlar asosida Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi “Xalq taʼlimi sohasida loyiha hujjatlariga texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va qurilish obyektlari sifatini monitoring qilish boʻyicha injiniring kompaniyasi” DUK tomonidan ishlab chiqiladigan loyiha-smeta hujjatlari, ekspertiza xulosalarini tayyorlanishi boʻyicha monitoring tizimini oʻrnatish va har 15 kunda rahbariyatga maʼlumot kiritib borish; 

hududlarda qurilish-tiklash ishlari amalga oshirilayotgan muassasalarda ishlarning borishini oʻrganib borish hamda holat yuzasidan vazirlik rahbariyatiga taklif kiritib borish; 

xalq taʼlimi tizimidagi taʼlim muassasalarini sport inshootlari bilan taʼminlanganligi boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantirish hamda sport zallari mavjud boʻlmagan muassasalarda ularni qurish yuzasidan takliflar ishlab chiqish; 

yangidan qurilayotgan uy-joylar, massivlarni joylashuvi, ulardagi aholi soni hamda yaqin atrofdagi taʼlim muassasalarini joylashuvini oʻrganish va natijalari yuzasidan yangi maktab binolarini qurish yuzasidan takliflar ishlab chiqish; 

taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yili va kuz-qish mavsumiga tayyorlash boʻyicha ish turlari va ularga sarf etiladigan mablagʻ miqdorlarini aniqlash (bino va inshootlar tom qismi, issiqlik tizimi, singan oynalarni almashtirish, binoni joriy taʼmirlash va boshqalar); 

taʼlim muassasalariga koʻmir (briket) va suyuq yoqilgʻisi ehtiyojini aniqlash hamda har bir muassasa kesimida ehtiyojlarni shakllantirish; 

koʻmir (briket) va suyuq pech yoqilgʻini yetkazilishi yuzasidan monitoring yuritish; 

taʼlim muassasalaridagi yaroqsiz, qoʻlbola va maʼnaviy eskirgan isitish qozonlari, isitish pechlari toʻgʻrisida maʼlumotlarni umumlashtirish va vazirlik rahbariyatiga ularni almashtirish boʻyicha taklif kiritish; 

yuqori tashkilotlardan keladigan topshiriqlar, joylardan tushadigan murojaatlar bilan ishlash hamda belgilangan tartibda takliflar tayyorlash, javob xatlarini yoʻllash;

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu