Sayt test rejimida ishlamoqda

Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka olish

.

Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka olish tartibi

Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka olish Oʻzbekiston Respublikasi Oila Kodeksi hamda Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining Oila Kodeksini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan meʼyoriy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 171-son qarori bilan tasdiqlangan Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) toʻgʻrisida nizom asosida amalga oshiriladi.

Farzandlikka olish faqat ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan voyaga yetmagan bolalarga nisbatan, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida yoʻl qoʻyiladi. Farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni xohlagan shaxslarnining arizasiga va vasiylik va homiylik organlari tavsiyasiga koʻra fuqarolik ishlari boʻyicha sud qarori bilan amalga oshiriladi.

Farzandlikka olinishi lozim boʻlgan bolalar haqidagi maʼlumotlarni va farzandlikka olinuvchilarni joylashtirish boʻyicha tuman, shahar fuqarolik sudlariga tavsiyalar tayyorlash tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi tomonidan amalga oshiriladi.

Quyidagi:

·         ota-onasi vafot etgan;

·         ota-onasi bedarak yoʻqolgan yoki vafot etgan deb eʼlon qilingan bolalar farzandlikka olinishi lozim boʻlgan bolalar sifatida hisobga olinadi.

ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum etilgan;

ota-onasi sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan;

ota-onasi bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan boʻyin tovlagan;

ota-onasi bir yildan ortiq muddat davomida bolalar muassasalari yoki tibbiy muassasalardagi bolasidan uzrli sabablarsiz xabar olmagan;

ota-onasi tarbiyalash, davolash muassasalaridan, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasidan va boshqa muassasalardan bolasini olishdan bosh tortgan;

 

Farzandlikka olishni xohlovchi shaxs yashash joyidagi tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

 

·         familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, nikohda qachondan beri turganligi, er-xotinning birga yoki alohida yashashi, agar farzandlari boʻlsa ularning soni va yoshi, farzandlikka olinadigan bolaning yoshi va jinsi koʻrsatilgan ariza;

·         farzandlikka oluvchi boʻlishni xohlovchi shaxsning sogʻligʻi toʻgʻrisida tibbiy-maslahat komissiyasining xulosasi, psixiatriya va narkologiya muassasalari, teri-tanosil kasalliklari dispanserining maʼlumotnomalari.

shaxsini tasdiqlovchi hujjat;

nikoh toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi (agar nikohda boʻlsa);

oila aʼzolari koʻrsatilgan holda yashash joyidan maʼlumotnoma;

ish joyidan ish haqi koʻrsatilgan maʼlumotnoma;

ish joyidan yoki yashash joyidan tavsifnoma;

Farzandlikka oluvchilar boʻlish imkoniyati toʻgʻrisida xulosa tayyorlash uchun tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi bolani farzandlikka olishni xohlagan shaxslarning turmush sharoitlarini oʻrganish natijalari boʻyicha dalolatnoma tuzadi.

Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar, shuningdek bolani farzandlikka olishni xohlagan shaxslarning turmush sharoitlarini oʻrganib chiqish dalolatnomasi asosida tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi ariza berilgan kundan boshlab 30 ish kuni mobaynida ularning farzandlikka oluvchilar boʻlishi imkoniyati toʻgʻrisidagi xulosani tayyorlaydi. Ushbu xulosa ariza beruvchilarga beriladi va farzandlikka olishga nomzodlar sifatida hisobga qoʻyish uchun asos hisoblanadi.

Vasiylik va homiylik organi salbiy xulosa va unga asoslangan farzandlikka olishga nomzodlar sifatida hisobga qoʻyishning rad etilishini xulosa imzolangan sanadan boshlab 5 kun muddatda ariza beruvchining eʼtiboriga yetkazadi. Ayni bir vaqtda ariza beruvchiga barcha hujjatlar qaytariladi va qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibi tushuntiriladi.

 

Voyaga yetgan erkak yoki ayol fuqarolar farzandlikka oluvchilar boʻlishi mumkin, quyidagi shaxslar bundan mustasno:

 

·         ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklanganlar;

·         kasallik, baxtsiz hodisa oqibatida farzandlaridan ajralgan shaxslar.

qonun bilan belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilganlar;

asab kasalliklari yoki narkologiya muassasalarida roʻyxatda turuvchilar;

sobiq farzandlikka oluvchilar, agar ular farzandlikka olish boʻyicha zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajarishdan boʻyin tovlaganliklari yoki ularni lozim darajada bajarmaganliklari, ota-onalik huquqini suiisteʼmol qilganliklari, farzandlikka olinuvchilarga nisbatan shafqatsizlik bilan muomalada boʻlganliklari, shuningdek surunkali ichkilikbozlik yoki giyohvandlikka mubtalo boʻlganliklari munosabati bilan farzandlikka olish bekor qilingan boʻlsa;

qasddan sodir qilgan jinoyati uchun ilgari hukm qilinganlar.

Farzandlikka olishda quyidagilar ustunlik huquqiga ega boʻladilar:

turar joyidan qatʼi nazar, farzandlikka olinuvchining qarindoshlari;

oilasida farzandlikka olinuvchi bola yashayotgan shaxs;

aka-uka, opa-singillarni ular orasidagi qarindoshlik aloqalarini buzmasdan farzandlikka olayotgan shaxslar;

oʻgay ota va oʻgay ona;

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari;

 

FARZANDLIKKA OLISH UCHUN BOLALARNI TANLASH

 

Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi fuqarolar farzandlikka oluvchi nomzodlar sifatida hisobga qoʻyilgandan keyin ularga farzandlikka olish mumkin boʻlgan bola (bolalar) toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etadi va bola (bolalar) yashaydigan (turgan) joyda bolani (bolalarni) koʻrish uchun yoʻllanma beradi.

Agar farzandlikka olishga nomzodlar oʻz yashash joyida farzandlikka olish uchun bolani tanlay olmasa, ular farzandlikka olinadigan bola toʻgʻrisida maʼlumot olish uchun oʻz xohishlariga koʻra boshqa tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga murojaat qilishi mumkin.

 

Farzandlikka olishga nomzodlar quyidagi huquqlarga ega:

·         bola toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumotni va uning qarindoshlari borligi haqidagi maʼlumotlarni olish;

·         Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tartibda bola turgan muassasaning vakili ishtirokida bolani farzandlikka olishni mustaqil tibbiy tekshiruvdan oʻtkazish uchun tibbiyot muassasasiga murojaat qilish.

 

Farzandlikka olishga nomzodlar shaxsan:

·         bola bilan tanishishga va u bilan aloqa oʻrnatishga;

·         bolaning sogʻligʻi toʻgʻrisidagi tibbiy xulosa bilan tanishganlikni yozma shaklda tasdiqlashga majbur.

farzandlikka olinadigan bolaning hujjatlari bilan tanishishga;

 

ChET EL FUQAROLARI YOKI FUQAROLIGI BOʻLMAGAN SHAXSLAR TOMONIDAN BOLALARNI FARZANDLIKKA OLISH

 

Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan bolani farzandlikka olishda Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 151 — 167, 237-moddalari hamda Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) toʻgʻrisida nizom talablariga rioya qilinishi lozim.

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan bolalarni farzandlikka olish Oʻzbekiston Respublikasida oʻz diplomatik vakolatxonasi mavjud boʻlgan davlatlarning fuqarolari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Farzandlikka olishni istovchi shaxslarni roʻyxatga olish Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Bunday farzandlikka olishning asosiy sharti farzandlikka olish masalasini koʻrib chiqishda farzandlikka oluvchilarning shaxsan ishtirok etishi, diplomatik vakolatxonaning quyidagi maʼlumotlarni: farzandlikka bola olishni istovchi fuqarolarning familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan vaqti, turar joyi, moddiy ahvoli haqidagi maʼlumotlarni, tibbiy xulosa, oilaning axloqiy-ruhiy shart-sharoiti, shuningdek, farzandlikka oluvchining har biriga tavsifnomalarni oʻz ichiga olgan iltimosnomasi hisoblanadi.

Farzandlikka oluvchilar farzandlikka olingan bolalar balogʻatga yetgunlariga qadar har yili xorijiy davlatlarning tegishli diplomatik vakolatxonalari orqali Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga bolaning psixik va jismoniy holati, uning yashash va tarbiyalanish sharoitlari toʻgʻrisida axborot taqdim etadilar. Ushbu maʼlumotlar xorijiy davlatning maxsus vakolatli organi yoki bolalarni farzandlikka olish boʻyicha tashkilot tomonidan tasdiqlanishi kerak.

Agar farzandlikka olish natijasida bolaning Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalar bilan belgilangan huquqlari buzilsa, farzandlikka oluvchi qaysi davlat fuqarosi boʻlishidan qatʼi nazar, farzandlikka olishni amalga oshirish mumkin emas, agar farzandlikka olingan boʻlsa, u sud tartibida bekor qilinishi kerak.

 

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA FARZANDLIKKA OLUVCHILAR OILALARIDA BOLALARNING TURMUSH SHAROITLARINI VA ULARNING TARBIYALANISHINI NAZORAT QILISH

Farzandlikka olingan bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida farzandlikka olingan bolaning yashash joyidagi tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi uning turmush sharoitlari va tarbiyalanishini nazorat qiladi.

Hududida bola farzandlikka olingan tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimi farzandlikka olish toʻgʻrisida tuman, shahar hokimining qarori chiqqandan keyin 
7 kun muddatda farzandlikka oluvchi (lar)ning yashash joyidagi tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimiga farzandlikka olingan bolaning turmush sharoitlari va tarbiyalanishi ustidan nazoratni amalga oshirish uchun tegishli axborotni yuborishi shart. Koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlarni berishda farzandlikka olish sir saqlanishi kerak. Uni oshkor qilishda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu