Sayt test rejimida ishlamoqda

Vazirlik delegasiyasi ayni vaqtda Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida bo‘lib turishibdi

14-mart 2023-yil
image

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi delegasiyasi ayni vaqtda Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida bo‘lib turishibdi. 

Ikki tomonlama uchrashuvlar davomida  vazirlik delegasiyasi BAA Milliy maktabi hamda uning qoshidagi Texnologiya va kasb markazi faoliyati bilan tanishdi.

Unda BAA Milliy maktablari bilan xorijiy tillarni o‘rgatish hamda kasbga yo‘naltirish borasidagi kelgusidagi hamkorlik ishlari muhokama qilindi.

Shuningdek, delegasiya vakillari uchun Milliy maktab hamda uning qoshidagi Texnologiya va kasb markazi faoliyati bo‘ylab kampus-tur tashkil etildi. 

Mazkur markaz o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish kasb tanlashga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu