Sayt test rejimida ishlamoqda

3-chorakning so‘nggi o‘qish kuni 18-mart (shanba) bo‘ladi

9-mart 2023-yil
image

3-chorakning so‘nggi o‘qish kuni 18-mart (shanba) bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 26-bandiga muvofiq, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida bahorgi ta’til 21-mart sanasidan boshlanib, 7 kalendar kun davom etishi belgilangan. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida” 2022-yil 23-dekabrdagi Farmoniga muvofiq, 2023-yil 20-mart kuni – qo‘shimcha dam olish kun sifatida belgilanganligi munosabati bilan maktablarda bahorgi ta’til 20-mart sanasidan boshlanadi hamda 26-martga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Shularni inobatga olib, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 18 mart (shanba) 3-chorakning so‘nggi o‘qish kuni bo‘lib, 2-chorak 27-mart sanasidan boshlanishini ma’lum qilamiz.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu