Sayt test rejimida ishlamoqda

Eshitishida nuqsoni bo’lgan o’quvchilarimiz Osiyo chempionatida g’oliblikni qo’lga kiritdi

4-mart 2023-yil
image

Avval xabar berganimizdek, 2–11-mart kunlari Qirg‘izistonning Bishkek shahrida ilk bor Eshitishida nuqsoni bo’lganlar о‘rtasida Taekvondo bo’yicha Osiyo chempionati bо‘lib о‘tmoqda.

Unda O'zbekiston sharafini himoya qilgan 13 nafar sportchi 2 ta oltin, 2 ta kumush, 7 ta bronza medallarini qo'lga kiritdi.

Ushbu Osiyo chempionati g'oliblarining 8 nafari Toshkent shahridagi 101-sonli eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining o'quvchilaridir.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu