Sayt test rejimida ishlamoqda

“Biz sportchilar oilasimiz” shiori ostida o`tkazilgan onlayn sport tanlovi g‘oliblari aniqlandi

1-fevral 2023-yil
image

Xabar berilganidek, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan qishki ta'til davrida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Biz sportchilar oilasimiz” shiori ostida onlayn sport tanlovi e'lon qilingan edi.
 

Tanlovda munosib qatnashib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchi oilalar aniqlandi.


1-o‘rin — Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi 97-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 1-sinf o‘quvchisi Humoyun Berdiqobilovlar oilasi

2-o‘rin — Toshkent viloyati, Angren shahridagi 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi Shirin Axmataliyevalar oilasi

3-o‘rin — Jizzax viloyati, Arnasoy tumanidagi 5-umumiy o‘rta ta’lim maktabinig 3-sinf o‘quvchisi Anora Raxmonberdiyevalar oilasi, g‘olib deb topildi.

G‘olib va sovrindor bo‘lgan ishtirokchi oilalar O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan munosib taqdirlandi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu