Sayt test rejimida ishlamoqda

“OLIMPIADA ISHTIROKCHILARI UCHUN XALQARO TRENINGLAR TASHKIL ETILADI” - VAZIR

8-yanvar 2023-yil
image

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “O‘qituvchilar olimpiadasi” g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur olimpiada matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan o‘tkazildi.

Unda viloyat bosqichlaridan g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘qituvchilar ishtirok etishdi.

Tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova ham ishtirok etdi.

Poytaxtimizdagi 118-umumtaʼlim maktabida o‘tkazilgan mazkur olimpiada musobaqalarida matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlari doirasida jami 168 nafar o‘qituvchi qatnashdi. Yakuniy natijalar olimpiadaning tegishli hayʼat aʼzolari tomonidan baholanib borildi.

Marosim davomida “O‘qituvchilar olimpiadasi” Respublika bosqichida asosiy o‘rinlarni egallagan quyidagi g‘olib ishtirokchilar vazirlikning Diplom hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Birinchi o‘rin:

Matematika fani bo‘yicha — Zafar Jumayev, Navoiy viloyati, Navoiy shahar, 11-sonli maktab o‘qituvchisi

Fizika fani bo‘yicha — Yaxshimurod Qurbonov, Xorazm viloyati, Hazorasp tumani, 8-sonli maktab o‘qituvchisi

Kimyo fani bo‘yicha — Amin Saidov, Buxoro viloyati, Buxoro shahar, 35-sonli maktab o‘qituvchisi

Biologiya fani bo‘yicha — Mirjalol Axmedov, Buxoro viloyati, Buxoro shahar, 35-sonli maktab o‘qituvchisi

Ikkinchi o‘rin:

Matematika fani bo‘yicha — Doniyor Hamrayev, Buxoro viloyati, Olot tumani 10-sonli maktab o‘qituvchisi

Fizika fani bo‘yicha — Dilmurod Ortiqboyev, Sirdaryo viloyati, Guliston shahar, 13-sonli maktab o‘qituvchisi

Kimyo fani bo‘yicha — Farxod Ashurov, Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani, 77-sonli maktab o‘qituvchisi

Biologiya fani bo‘yicha — Uyg‘un Suvonov, Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shahar, 3-sonli maktab o‘qituvchisi

Uchinchi o‘rin:

Matematika fani bo‘yicha — Sardor Qurbonov, Samarqand viloyati, Narpay tumani, 31-sonli maktab o‘qituvchisi

Fizika fani bo‘yicha — Saidjon Xamroqulov, Buxoro viloyati, Qorako‘l tumani, 6-sonli maktab o‘qituvchisi

Kimyo fani bo‘yicha — Pirmuhammad Safarov, Toshkent viloyati, Zangiota tumani, 33-sonli maktab o‘qituvchisi

Biologiya fani bo‘yicha — Sadoqat Qo‘chqorova, Buxoro viloyati, Jondor tumani, 1-sonli maktab o‘qituvchisi

Shuningdek, “O‘qituvchilar olimpiadasi” Respublika bosqichi yakuniy natijalariga ko‘ra, 4-,5-,6-o‘rinlarni egallagan bir guruh ishtirokchi-o‘qituvchilar ham vazirlik tomonidan “Faxriy yorliq” va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Taqdirlash marosimidan so‘ng o‘qituvchilar uchun vazir bilan “ochiq muloqot” tashkil etildi. Unda pedagoglar yangi vazirga o‘zlarini qiziqtirgan savollar va sohaga oid takliflar bilan murojaat qilishdi.

O‘zaro do‘stona va samimiy ruhda o‘tkazilgan muloqot davomida o‘qituvchilar tomonidan ta’lim sohasiga doir jumladan, olimpiada musobaqalarini o‘tkazish jarayonlarini yanada takomillashtirish, maktablarda sifatli ta’limni ta’minlash, darslik va turli fanlar sifatini oshirishga doir qator muhim takliflar o‘rtaga tashlandi.

Tadbir so‘ngida Hilola Umarova har bir viloyat kesimida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablarining xorijiy mutaxassislari bilan seminar-treninglar tashkil etish haqida topshiriq berdi.

Mazkur treninglar o‘quvchilarni xalqaro olimpiadalarga tayyorlashga qaratiladi.

Pedagoglar jamoasi tomonidan mazkur tashabbus qizg‘in qarshi olindi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu