Sayt test rejimida ishlamoqda

Xalq ta’limi vazirligi vacancy.argos.uz orqali eng ko‘p ochiq tanlov o‘tkazgan yetakchi tashkilotlar qatoridan joy oldi

28-dekabr 2022-yil
image

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlari yagona ochiq portali — vacancy.argos.uz orqali 78 ta davlat organi va tashkiloti, 208 ta tuman (shahar) hokimliklari tomonidan mavjud vakant lavozimlar uchun 140 mingdan ortiq tanlovlar e’lon qilindi.

 

Xalq ta’limi vazirligi mazkur yo‘nalishda eng ko‘p tanlov o‘tkazgan (TOP-10) tashkilot va mahalliy hokimliklar orasida 7 100 talik natija bilan 5-o‘ringa loyiq ko‘rildi.

Shuningdek, ushbu TOP-10 talikdan Moliya, Qishloq xo‘jaligi, Maktabgacha ta’lim, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirliklari, Yoshlar ishlari agentligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi, Oila va xotin-qizlar, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitalari ham joy olgan.

 

Aytish lozimki, 2020 yil 20 oktabrda “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi markaziy apparati, hududiy bo‘linmalar, tizimdagi tashkilotlardagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish, xodimlarni boshqa lavozimga o‘tkazishda tanlov asosida saralab olish tartibi” Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan.

Hozirgi kunga qadar Xalq ta’limi vazirligi tizimida vacancy.argos.uz portali orqali 7 mingdan ortiq lavozimlar bo‘yicha ochiq tanlovlar tashkil etildi.

Joriy yilning o‘tgan davrida vazirlik markaziy apparatida o‘tkazilgan ochiq mustaqil tanlov jarayonlari asosida g‘olib, deb topilgan 101 nafar nomzod tegishli lavozimlarga ishga qabul qilindi.

 

2021-2022-yillar davomida vacancy.argos.uz portali orqali vakant lavozimlar uchun ariza bilan murojaat etgan 33 039 nafar nomzodning 1 307 nafari, shundan:

107 nafari Vazirlik markaziy apparati;

34 nafari hududiy xalq ta’limi boshqarma boshlig‘i va boshliq o‘rinbosari;

141 nafari tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri;

24 nafari vazirlik tasarrufidagi respublika tashkilotlari rahbar va rahbar o‘rinbosari;

1 001 nafari maktab direktori lavozimlariga tayinlandi.

info@uzedu.uz
@uzedu
/uzedu.uz
@uzedu
/uzedu